25 fevral kuni, Mobile World Congress ko’rgazmasi ochilishi arafasida Xitoyning Huawei kompaniyasi yangi MateBook X Pro noutbukini namoyish etdi. Uning o’ziga xos xususiyati sifatida klaviatura tugmasi ostiga niqoblangan veb-kamera bo’ldi: u kameraga bosganda paydo bo’ladi va yo’q bo’ladi.

Huawei rahbariyatining qayd etishicha, kompaniyani bunday dizayn-qarorga yovuz niyatli kimsalar ularni veb-kamera orqali kuzatishi mumkinligidan xavfsiragan foydalanuvchilar ilhomlantirishgan.

Noutbukning ko’p foydalanuvchilari ularning urinishlariga xalaqit berish uchun ob`yektivga izolenta yopishtirishardi. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ham istisno emas.

MateBook X Pro “josuslarga qarshi kamera”dan tashqari, qopqoqning 91 foizini egallovchi sensor ekranga, shuningdek barmoq izlari skaneriga ega.

Author

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *